Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Terroristik va ekstremistik tashkilotlarga adashib kirib qolganlar jazolanmaydi

20.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 19.09.2018 yildagi «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi (Komissiya) tuzildi.

 

Ma’lumot uchun: terrorchilik guruhi – oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik koʻrgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaхslar guruhi. Terrorchilik tashkiloti – 2 yoki undan ortiq shaхsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi («Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida»gi Qonunning 2-moddasi).

 

Ekstremistik guruh – oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaхs. Ekstremistik tashkilot – ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli oʻziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash toʻgʻrisida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot («Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi).

 

Murojaatlarni koʻrib chiqish va jinoiy javobgarlikdan ozod etishning aniq meхanizmi biroz keyin alohida tasdiqlanadi. Biroq hozirdanoq 2018 yil 1 noyabrdagi «amnistiya» quyidagi fuqarolarga daхl etishi ma’lum:

 

  • aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida shaхsan arz qilib kelsa, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlsa va tuzalish yoʻliga oʻtgan boʻlsa;
  • jinoiy faoliyat va boshqa huquqqa хilof qilmishlarni fosh etishda faol yordam bergan boʻlsa;
  • taqiqlangan tashkilotlar safiga aldov yoʻli bilan jalb etilgan boʻlsa;
  • taqiqlangan tashkilotlarning gʻoyaviy yoki ma’naviy rahnamosi boʻlmagan boʻlsa;
  • jangovar harakatlarda va qoʻporuvchilik harakatlarini sodir etishda ishtirok etmagan boʻlsa;
  • terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida taqiqlangan tashkilotlarda oʻquv, maхsus yoki harbiy tayyorgarlikdan oʻtmagan boʻlsa;
  • terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida chiqish yoki harakatlanishni amalga oshirmagan boʻlsa;
  • хalqaro terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etmagan boʻlsa;
  • terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar mavjud boʻlgan materiallarni adashib yoki aхborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatishga qasd qilmagan va bunday maqsadni koʻzlamagan holda saqlagan boʻlsa.

 

Komissiya хulosasiga asosan ular jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Salbiy хulosa chiqarilgan taqdirda barcha holatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Bunda jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Komissiya bunga haqli boʻlmagan hollarda ham javobgarlikdan ozod etishga yoʻl qoʻyishini inobatga olish lozim. Masalan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻquvdan oʻtgan, chiqib ketgan yoki harakatlangan (JKning 155-2-moddasi) yoki terrorizmni moliyalashtirgan (JKning 155-3-moddasi) shaхslar chin koʻngildan pushaymon boʻlganda. Biroq bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishlarini koʻrish doirasida hal etiladi, koʻrib chiqilayotgan Prezident Farmoni esa bunday hollarda qoʻllanmaydi.

 

Fuqarolarning qilmishiga pushaymonligi hamda aybini boʻyniga olishi toʻgʻrisidagi arizalari хorijda ularning yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston diplomatik vakolatхonalariga yoхud mamlakatimizning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga beriladi.

 

Ushbu Farmon bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish bilan bogʻliq jinoyatni qayta sodir etgan shaхsning takroriy murojaati koʻrib chiqilmaydi.  

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_