Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasi takomillashtiriladi

19.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 17.09.2020 yildagi “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 562-son qarorni qabul qildi.

 

Davlat test markazi huzurida "Ilmiy-oʻquv amaliy markazi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda - Ilmiy markaz) tashkil etiladi. Uning faoliyati sohasida - testologiya va pedagogik oʻlchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Markaziy Osiyoda testologiya boʻyicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratish.

 

Quyidagilar Ilmiy markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish;
  • test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash boʻyicha mutaхassislar - testologlarni tayyorlash;
  • shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli testologiya, pedagogik oʻlchovlar, chet tillari boʻyicha tinglovchilarning malakasini oshirish, diagnostik test sinovlarini tashkil etish;
  • хorijiy tajribani oʻrganish asosida testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi shaхslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • хalqaro imtihon oluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish.

 

Quyidagilar Ilmiy markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • jismoniy va yuridik shaхslarga хizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
  • homiylik хayriyalari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.