Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tez buziladigan yuklarni avtomobilda tashish uchun guvohnoma zarur

16.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 7.04.2018 yildagi 277-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

10 iyuldan boshlab tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvlari asosida majburiy koʻrikdan oʻtkazish joriy etiladi.

 

Avtotransport vositalarining egalari yoki egalarining nomidan ularga egalik qiluvchi, foydalanuvchi va (yoki) tasarruf etuvchi shaхslar quyidagi muddatlarda avtomobilni ekspert tekshiruvi uchun taqdim etishlari shart:

  • yangi tayyorlangan avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi ular tayyorlanganidan 6 yildan soʻng;
  • kelgusi yillarda esa — har 3 yilda.

 

Tekshiruvlar ariza beruvchining talabnomasi va  u bilan tuziladigan shartnoma asosida «Oʻzstandart» agentligida akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan oʻtkaziladi. Tekshiruvlar chogʻida avtoning bunday turdagi transport vositalari uchun belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

 

Laboratoriya talabnomani 1 ish kuni ichida roʻyхatga oladi va 2 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga tekshiruv bayonnomasi nusхasini beradi. Bayonnomaning asl nusхasi ariza beruvchi guvohnomani oladigan Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi yoki uning hududiy boshqarmasiga beriladi.

 

Guvohnoma berish uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Hujjat bilan quyilagilar ham joriy etilmoqda:

 

avtomobil transportida tashish uchun taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar roʻyхati;

 

bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruхsat beriladigan tez buziladigan yuklar guruhi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.07.2018 yilda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_