Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Tibbiyot muassasasi rahbariga ustama – tarif stavkasining 50%igacha

15.11.2017

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami 1537-1, 2017 yil 10 noyabr) bilan Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Ma’lumot uchun: Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi 1.01.2006 yildan boshlab barcha byudjet tibbiyot tashkilotlarida mavjud.

 

Nizomga binoan ishga vijdonan munosabati va koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tibbiyot хodimlarining tarif stavkasiga oylik ustamalar tegishli хodim tarif stavkasining 5 dan 20%igacha miqdorda belgilanadi. Toʻlovlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining faoliyati samaradorligi reyting baholash yoʻli bilan aniqlanadi (batafsil).

 

Hujjatga aniqlik kiritildi. Unga koʻra tibbiyot muassasalari rahbarlarining oshirilgan oylik ustamalari yuqori turuvchi tashkilotning qaroriga binoan tarif stavkasining 50%idan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

 

Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh  boshqarmasi qayta tashkil etilganligi  bois, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tekshirish Sogʻliqni saqlash vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat хizmati hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat 13.11.2017 yilda kuchga kirdi.


Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.