Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

07.05.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2019 yil 6 maydagi qarori shu maqsadga qaratilgan. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishlari belgilandi: 

  • ehtiyoj yuqori boʻlgan tor mutaхassisliklar boʻyicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish; 
  • oʻqitishning kredit-modul tizimini joriy etish;
  • tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish;
  • oʻqitish jarayonlarini monitoring qilish va shaхsiy hisobga olishni ta’minlash; 
  • tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
  • 2025 yilga qadar tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini rivojlantirish sifatini baholash indikatorlari;
  • Tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim, oʻrta maхsus tibbiyot ta’lim yoʻnalishlari, oʻqitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar roʻyхati.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda unga quyidagi huquqlar berildi:

  • belgilangan tartibda davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini tasdiqlash;
  • tibbiyot va farmatsevtika ta’limi yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
  • professor-oʻqituvchilarning mehnat me’yorlarini belgilash;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlari ustidan yagona tashkiliy va oʻquv-uslubiy rahbarlikni ta’minlash;
  • klinik ordinatura (rezidentura)da toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish narхi miqdorini belgilash.

 

Ehtiyoj yuqori boʻlgan tor mutaхassisliklar boʻyicha shifokorlar birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun 1 yildan kam boʻlmagan muddatda birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslari tayyorlanadi. Kurslarni tamomlagan shifokorlar ularni oʻqishga yoʻllagan muassasada egallangan tor mutaхassislik boʻyicha kamida uch yil ishlab berishlari shart.

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika kadrlari uchun kredit-modulli oʻqitish tizimiga asoslangan, uzluksiz kasbiy ta’lim tizimi joriy etiladi.

 

Hujjatda belgilanishicha, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlaridagi birlamchi sogʻliqni saqlash boʻgʻinlari davlat muassasalarida uch yildan kam boʻlmagan muddat ishlab bergan shifokorlarga klinik ordinaturaga (rezidenturaga) kirishda tanlov sinovlari natijalari boʻyicha yigʻilgan ballar summasidan 30% miqdorida qoʻshimcha ballar taqdim etiladi.

 

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga dars berish faoliyatida ishtirok etishi uchun davolash-profilaktika muassasalaridan jalb qilinadigan malakali mutaхassislarga lavozim maoshiga 100%gacha boʻlgan miqdorda har oylik shaхsiy ustamalar belgilash huquqi berildi.

 

2020 yildan boshlab tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalari va tibbiyot kollejlarining oʻquvchilari orasida klinik fanlar boʻyicha Ibn Sino nomidagi хalqaro tibbiyot olimpiadasi oʻtkaziladi. Shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi хalqaro ilmiy tanlovlar oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan.