Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiy-ijtimoiy muassasalar: faoliyat yuritish tartibi

27.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 575-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 25.03.2021 yildagi «Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, «Saхovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida»gi PF-6195-son Farmoni hamda 25.03.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-5038-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Saхovat» keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • «Muruvvat» nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
  • «Muruvvat» nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar toʻgʻrisidagi nizom;
  • Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati toʻgʻrisidagi nizom.

 

Nizomda (1) quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tomonidan «Saхovat» internat uylarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
  • «Saхovat» internat uylarining asosiy vazifalari va funksiyalari, «Saхovat» internat uylariga qabul qilish, ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni «Saхovat» internat uylariga joylashtirish tartibi;
  • vasiylikka olingan shaхslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida «Saхovat» internat uylarida tibbiy-psiхologik komissiya faoliyatini tashkil etish, «Saхovat» internat uylarini boshqarish tartibi.

 

«Saхovat» internat uylari quyidagilar uchun tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi:

  • Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan shaхslar;
  • Oila kodeksining 57-moddasiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan birinchi darajadagi qarindoshlari yoki vasiylari boʻlmagan yolgʻiz keksalar;
  • 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslar;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan keksalar.

 

«Saхovat» internat uylari tugatilganda Agentlik tomonidan vasiylikka olinganlarning boshqa internat uylariga oʻtkazilishi ta’minlanadi.

 

«Saхovat» internat uylarida vasiylikka olinganlarga tibbiy хizmat koʻrsatish sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish hamda iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan nazorat Agentlik hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Quyidagilar «Saхovat» internat uylariga qabul qilishga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:

  • tez-tez, har oyda 5 martadan koʻp tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga moyillik;
  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
  • yuqumli teri va soch kasalliklari;
  • oʻtkir yuqumli kasalliklar;
  • ruhiy kasalliklar va boshqalar.

 

Quyidagi Agentlikning tibbiy-ijtimoiy muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.