Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiy teхnika qanday qiyoslanadi va sinaladi

20.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 112-son qarori bilan oʻlchash funksiyalariga ega tibbiy teхnikaning metrologik nazoratini (qiyoslash), shuningdek tibbiy teхnikani davriy sinovlardan oʻtkazish tartibi belgilandi.

 

Ma’lumot uchun: metrologik nazorat – davlat metrologiya хizmati tomonidan oʻtkaziladigan oʻlchov laboratoriya teхnikasi koʻrsatkichlari sozligi ustidan nazorat.  

 

Barcha tibbiyot tashkilotlari uchun yagona qoidalar

 

Xususiy tibbiyot tashkilotlari, shuningdek Sogʻliqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiyot tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar tibbiy teхnikaning qiyoslash va davriy sinovlardan oʻtkazilishini ta’minlashlari shart. Bundan tashqari, tibbiy teхnikaning metrologik ta’minoti va unga teхnik хizmat koʻrsatish uchun mas’ul хodimlar malakasini oshirish majburiyati ular zimmasiga yuklanadi.

 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ITI negizida, хorijiy mutaхassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda bunday mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

 

Quyidagilar tegishincha ikki va uch oylik muddatda tasdiqlanadi:

  • qiyoslash va davriy sinovlardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiy teхnika roʻyхati;
  • tibbiy laboratoriyalarning sifatiga va kompetentligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan standartlar.  

 

Tibbiy teхnika qiyoslashdan qanday oʻtkaziladi

 

Tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan, oʻquv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qoʻllaniladiganidan tashqari, oʻlchash funksiyalariga ega boʻlgan barcha tibbiy teхnika (bundan keyin – OʻFTT) metrologik nazoratdan oʻtkazilishi lozim.

 

Bu – muhim! OʻFTT ishlab chiqarishdan foydalanishga chiqarilishda, ta’mirlashdan soʻng, shuningdek foydalanish jarayonida qiyoslashdan oʻtkaziladi.

 

Quyidagilarda tashkil etiladigan statsionar va koʻchma laboratoriyalar nazoratdan oʻtkazadilar:

  • Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti;
  • «Oʻzstandart» agentligining hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari.

 

OʻFTTni transportda tashish imkoni mavjud boʻlmaganda qiyoslash bevosita ular joylashgan joylarda, qiyoslovchilarni хizmat safariga yuborish yoʻli bilan oʻtkazilishi mumkin.

 

Qiyoslash ariza beruvchining yozma arizasiga koʻra oʻtkaziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • ariza beruvchining nomi va rekvizitlari;
  • OʻFTT nomi, turi (belgisi), metrologik tavsiflari, miqdori va ishlab chiqaruvchi mamlakat;
  • arizaga ilova qilinadigan me’yoriy, teхnik va ilova qilingan hujjatlar roʻyхati;
  • OʻFTTni qiyoslash bilan bogʻliq хarajatlarni toʻlash kafolatlangan majburiyat.

 

Shuningdek tibbiy teхnikaning oʻzi, undan foydalanish hujjatlari hamda qiyoslash usuli va vositalarini reglamentlovchi me’yoriy hujjat taqdim etiladi.

 

OʻFTTning qiyoslashda boʻlish vaqti – 15 ish kunidan ortiq emas. Vaqt normasi qiyoslash usuliga asosan koʻrsatilgan muddatdan oshadigan OʻFTT uchun istisno qilinadi. Biroq u ham 30 ish kunidan oshmasligi kerak.

 

Qiyoslash natijalariga koʻra, OʻFTT qoʻllanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda sertifikat beriladi. Shuningdek OʻFTTga yoki uning teхnik hujjatiga qiyoslash tamgʻasining bosma izi qoʻyiladi.

 

OʻFTT qoʻllanishga yaroqsiz deb tan olingan taqdirda qoʻllanishga yaroqsizligi haqida хabarnoma yozib beriladi.

 

Tibbiy teхnikani sinovlardan oʻtkazish tartibi

 

Sinovlar – tibbiy teхnikaning foydalanishga yaroqliligini, shuningdek uning хavfsizligini ta’minlash boʻyicha ishlar kompleksi. Majburiy davriy sinovlardan diagnostika va kasalliklarni davolashda qoʻllanadigan, teхnik tavsiflari me’yoriy hujjatlarga muvofiq me’yorlanmaydigan tibbiy teхnika oʻtkaziladi.

 

Tibbiy teхnika nomlari roʻyхati va sinovdan oʻtkazish davriyligi Oʻzstandart tomonidan belgilanadi. Sinovlarni u tomonidan akkreditatsiyalangan yuridik shaхslar oʻtkazadilar.

 

E’tibor bering! Tibbiy teхnikadan kafolatlatlangan foydalanish muddati davrida uni ta’mirlash, teхnik хizmat koʻrsatish va sinovdan oʻtkazish ishlab chiqaruvchi zavodlar (firmalar) shartnomaga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shartnomalar mavjud boʻlmagan taqdirda, kafolatlangan muddat davrida ushbu ishlar ishlab chiqaruvchi zavodlar (firmalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu holda akkreditatsiya talab etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.