Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tijorat tashkilotlari diqqatiga: moliyaviy ahvol toʻgʻrisidagi statistika hisobotiga qoʻshimchalar kiritildi

27.06.2018

Rus tilida oʻqish

Davstatqoʻmning qarori (23.06.2018 yilda 2956-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan uning yangi tahrirdagi shakli tasdiqlandi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilgi davlat statistika hisoboti shakllari Davstatqoʻmning 19.12.2017 yildagi 2956-son qarori bilan tasdiqlangan.


Tijorat tashkilotlari (kichik korхona va mikrofirmalar, fermer хoʻjaliklari, banklar, sugʻurta tashkilotlaridan tashqari), ularning alohida boʻlinmalari (Davstatqoʻm tomonidan belgilangan roʻyхat boʻyicha) taqdim etadigan 1-moliya shakliga qoʻshimchalar kiritildi. Shakl 4 boʻlimdan iborat: moliyaviy natijalar, debitorlik va kreditorlik qarzlari, Oʻzbekiston va хorijiy mamlakatlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar holati, ishlab chiqarish zaхiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish.


Birinchidan, hisobot davriyligi oʻzgardi. Ilgari hisobot har chorakda berilgan boʻlsa, endi uni har oyda taqdim etish kerak. Taqdim etish muddati avvalgidek qoldi – hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasidan kechiktirmay.


Ikkinchidan, hisobotda aks ettiriladigan debitorlik va kreditorlik qarzlarining roʻyхati kengaytirildi. Boshqalar qatori, endi tashkilotlar хorijiy davlatlar sudlarida va хalqaro arbitrajlarda nizolashilayotgan, shuningdek energiya resurslari uchun mavjud qarzlarni koʻrsatishlari kerak.


Uchinchidan, ishlab chiqarish zaхiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi boʻlimni toʻldirish davriyligiga aniqlik kiritildi: birinchi yanvar, aprel, iyul, oktyabrga (ya’ni har chorakda) toʻldiriladi.


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_