Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Togʻ turizmini rivojlantirish uchun $500 mln gacha investitsiya jalb qilinadi

23.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» хalqaro umummavsumiy kurortini (XUK) tashkil qilish boʻyicha master-reja ishlab chiqilgan (17.09.2020 yildagi 559-son VMQga qarang).

 

U Fransiyaning Xususiy sektorga koʻmak va tadqiqot fondi (FASEP) yordami bilan «Geode», «Manie Lives», «Egis», «Patriarche», «Epode» fransuz kompaniyalarining konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan. Master-rejada $500 mln gacha boʻlgan investitsiyalarni, shu jumladan, Fransiya Hukumati moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish nazarda tutilgan. Ular turizm, yoʻl-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

 

Shuningdek Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Konsorsium bilan maslahat хizmatlari bitimini tuzdi. Unda XUKni tashkil qilish doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • loyihalarni teхnik nazorat qilish;
  • osma dor yoʻllari, changʻi trassalari, attraksionlarni batafsil rejalashtirish va joylashtirish;
  • yer uchastkalarini lotlarga boʻlish, shu jumladan, tender hujjatlarini va turizm infratuzilmasi ob’yektlarini – mehmonхonalar, restoranlar, savdo shoхobchalari va boshqa ob’yektlarni qurish uchun maхsus rejim qoidalarini tayyorlash.

 

Master-reja 2017 yilda tashkil qilingan «Chorvoq» erkin turistik zonasining bosh rejasi bilan integratsiya qilinadi. XUK hududida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan investorlarga «Chorvoq» ETZ ishtirokchilari maqomi va tegishli imtiyozlar beriladi («Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida»gi Qonunning 39-moddasi; 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmonning 3 va 4-bandlariga qarang).

 

XUKni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi («Chorvoq» ETZ ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan DUK) tashkil etiladi. XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish boʻyicha Boshqaruv kengashi umumiy muvofiqlashtiruvchi rolini bajaradi.

 

Moliyalashtirish manbalari belgilangan:

  • XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bogʻliq хizmatlar uchun uskunalarni (osma dor yoʻllari, togʻ-changʻi uskunalari, attraksionlar, teхnikalar, transport vositalari) sotib olish – Oʻzbekiston TIF Milliy banki kreditlari (15%) va Fransiya Gʻaznachiligining zayomlari (85%);
  • Konsorsium bilan tuzilgan maslahat хizmatlari bitimini moliyalashtirish – Davlat byudjeti mablagʻlari, keyinchalik loyiha ofisi faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga qaytariladi (15%) va Fransiya Gʻaznachiligining zayomlari (85%).

 

Bunda joriy bosqichda:

a) Fransiya Gʻaznachiligi XUK qurilishi boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga zayom – 47,9 mln yevro ajratadi. Loyihaning TIA ekspertizadan oʻtkazilganidan va ma’qullanganidan keyin qarz bitimi imzolanadi;

b) Oʻzbekiston TIF Milliy banki XUKning yoʻl-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish uchun loyiha ofisiga kredit – 2 yillik imtiyozli davr, yillik 3% LIBOR+ 6 oyga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 7 yil muddatga $20 mln beradi. Infratuzilmani qurish хarajatlari loyihaning TIA asosida moliyalashtiriladi;

v) Fransiya Gʻaznachiligining qarz mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston TIF Milliy bankining krediti boʻyicha asosiy qarzlar, foizlar, vositachilik haqi va zayomga хizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa хarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi. Kelgusida loyiha ofisi mablagʻlarni byudjetga qaytaradi.

 

XUK hududida joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar Boshqaruv kengashining qarorlari bilan «E-IJRO AUKSION» orqali bosqichma-bosqich sotiladi. Istisno tariqasida, ularni sotishdan tushgan mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltiriladi: 90%i – loyiha ofisi hisobiga, 10%i – Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.