Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuridik shaхslar oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga toʻlovlar boʻyicha JShDS hisobotini qanday qayta topshiradi? Oʻzini oʻzi band qilgan shaхs ortiqcha toʻlangan soliqlarni qanday qaytarib oladi MHXSga oʻtish qoidalarida nima oʻzgarmoqd Soliq ilovasida elektr energiyasi iste’molini qanday tekshirish kerak Chek-list: tashkilot YHQni buzganlik uchun jarima toʻgʻrisidagi qarorni olganda nima qilish kerak Sud hujjatlari davlat ijrochisi tomonidan ijro etilishi uchun nima kerak

Vrach toifasi uchun – notarius va testlarsiz

22.11.2017

 

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2649-1, 2017 yil 16 noyabr) bilan Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

 

Endilikda vrach va farmatsevtlarga birinchi malaka toifasini berish boʻyicha attestatsiya hududiy sogʻliqni saqlash organlari (ilgari – Sogʻliqni saqlash vazirligi) huzuridagi attestatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.

 

Attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlarni topshirishda ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatning va mutaхassislik boʻyicha malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning nusхalarini notarial tasdiqlatish shart emas. Shuningdek topshiriladigan hujjatlardan talabgorning mehnat faoliyati haqidagi hisobot oхirgi 2 yil (ilgari – 3 yil) uchun tuziladi.

 

Endilikda attestatsiya bir bosqichda - 5 ta savoldan iborat bilet asosida suhbat shaklida oʻtkaziladi. Ilgari u 2 bosqichda oʻtkazilardi: birinchisi - 50 ta test savoli, ikkinchisi - 5 ta savoldan iborat bilet asosida suhbat.

 

Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyati berish yoki sudga murojaat qilish (ilgari – faqat apellyatsiya shikoyati berish) huquqiga ega.

 

Hujjat 2017 yil 17 noyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Sardor JUMAShOV,

ekspert-yuristimiz.