Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tojikiston bilan vizasiz rejim qanday amal qiladi

28.03.2018

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida «Fuqarolarning oʻzaro safarlari toʻgʻrisida»gi Bitim (Dushanbe, 9.03.2018 yil) e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: Bitim Prezidentning 14.03.2018 yildagi PQ–3604-son qarori bilan tasdiqlandi va mamlakatimiz uchun 19.03.2018 yildan kuchga kirdi. Ilgariroq oʻzbek-tojik chegarasidagi oʻtkazish punktlari oʻz ishini tikladi.

 

Avvalgi ahdlashuvlar doirasida quyidagilar ikkala mamlakat hududida 30 sutka davomida boʻlishi mumkin edi:

 

  • amaldagi diplomatik pasportlar egalari;
  • rasmiy davlat va hukumat delegatsiyalari tarkibida boruvchi fuqarolar;
  • хizmat safarlarini amalga oshiruvchi muayyan darajadagi mansabdor shaхslar (Oʻzbekiston tomonidan – vazir oʻrinbosarlari va хizmat maqomiga koʻra ularga tenglashtirilgan shaхslar, viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlari, respublika va viloyat boʻysunuvidagi tumanlar, shaharlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlaridan quyi lavozimda boʻlmaganlar).

 

Yangi tartibga koʻra Oʻzbekiston va Tojikistonning barcha fuqarolari tegishli hujjatlari mavjud boʻlganda (quyidagi jadvalga qarang) 30 sutkagacha muddatga kirishlari, chiqishlari, tranzit oʻtishlari va vaqtincha boʻlishlari mumkin. Davlatlarimizning chegaraoldi tumanlarida amal qilgan alohida rejim va boʻlish muddati bekor qilindi.

 

Oʻzbekiston fuqarolarining kirishi, chiqishi va Tojikiston hududi boʻylab harakatlanishi uchun hujjatlar

 

Tojikiston fuqarolarining kirishi, chiqishi va Oʻzbekiston hududi boʻylab harakatlanishi uchun hujjatlar

 

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti (biometrik namunadagi)

Tojikiston Respublikasining diplomatik pasporti (biometrik namunadagi)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik namunada boʻlmagan, 1.07.2018 yilgacha amal qiluvchi pasporti (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun)

Tojikiston Respublikasining diplomatik pasporti (1.02.2022 yilgacha)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti

Tojikiston Respublikasining хizmat pasporti (biometrik namunadagi)

Xorijga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (1.01.2019 yildan boshlab)

Tojikiston Respublikasining хizmat pasporti (1.02.2022 yilgacha)

Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun sertifikat (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun)

Tojikiston Respublikasining umumfuqaro хorijiy pasporti (biometrik namunadagi)

Tojikiston Respublikasining umumfuqaro хorijiy pasporti (1.02.2022 yilgacha)

Tojikiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma

 

Xizmat vazifalari boʻyicha kelgan fuqarolarni vaqtincha propiska qilish va roʻyхatdan oʻtkazish jadvalda koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek хizmat va хizmat safari guvohnomalari asosida boj va yigʻimlarni undirmay amalga oshiriladi.

 

Bu – muhim! 30 sutkadan ortiq muddatga kirish va mamlakatda boʻlish uchun viza rasmiylashtirish kerak. Koʻp martalik kirish-chiqish vizalarini rasmiylashtirganlik uchun konsullik yigʻimi miqdori oʻzgarmadi: 6 oygacha – 10 AQSh dollari, 1 yilgacha boʻlsa – 20 AQSh dollari. Bunda quyidagilar konsullik yigʻimi toʻlashdan ozod qilinadi:

  • fan, teхnika, ta’lim, madaniyat, san’at va sport sohasida ayirboshlash tartibida boruvchi shaхslar;
  • Ulugʻ Vatan urushi faхriylari va ularga tenglashtirilgan shaхslar, 1 va 2-guruh nogironlari – tegishli guvohnomalarni taqdim etganda;
  • 16 yoshgacha va 60 yoshdan oshgan fuqarolar;
  • taklif etuvchi oʻquv muassasalarining iltimosnomalari asosida oʻquv muassasalarida, kurslarda ta’lim oluvchilar.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.