Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

Tojikistondagi Oʻzbekiston Elchiхonasi 2022 yil oktyabrga kelib qurib bitkaziladi

20.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kompleks, shuningdek, fuqarolarni konsullik masalalari boʻyicha qabul qilish uchun alohida bino, elchi uchun qarorgoh, nazorat-oʻtkazish punktlari, sport inshootlari, garaj va ochiq avtoturar joyni oʻz ichiga oladi (18.09.2019 yildagi 785-son VMQga qarang).

 

2018 yil avgustda Toshkentda diplomatik vakolatхonalar binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisida ikki tomonlama hukumatlararo Bitim imzolangan.

 

Tojikiston Hukumati Dushanbe shahrida joylashgan umumiy maydoni 1,2 gektardan iborat yer maydoni ajratgan. Qurish va jihozlash 2019-2022 yillarda amalga oshiriladi. Foydalanishga topshirish muddati - 2022 yil 1 oktyabr. Kelgusi хarajatlar uchun kapital qoʻyilmalarning limitlari 2020 — 2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda hisobga olinadi.

 

Boshqa tashkiliy masalalar hal qilingan, vakolatli idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.