Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi tashkil etildi

12.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 30.12.2021 yildagi “Toshkent viloyatida tomorqachilikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 798-son qarorni  qabul qildi.

 

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ta’sischiligida "Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi" MChJ tashkil etildi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish orqali aholiga tomorqa yer uchastkalaridan yiliga kamida 3 marta hosil olishga erishishga koʻmaklashish;
  • tomorqachilik yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
  • ilgʻor yutuqlardan foydalangan holda koʻchatchilik, urugʻchilik va naslchilikni rivojlantirish, tomchilatib sugʻorishni keng joriy qilish, muqobil energiyadan foydalanish, tomorqa yer uchastkalarida baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va boshqalar.

 

Markazni joylashtirish uchun Yangiyoʻl tumani 1-son kasb-hunar maktabi binosining bir qismi tekin foydalanish huquqi bilan ajratildi.

 

Tomorqachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida kasb-hunar maktabining qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan 1,24 gektar yer uchastkasi ajratib berilishi nazarda tutilmoqda.

 

Kasb-hunar maktabining mavjud oʻquv yoʻnalishlari doirasida byudjetdan moliyalashtirish tizimi saqlab qolingan holda, tomorqachilik yoʻnalishini rivojlantirish boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Maktabda ta’lim jarayoni va oʻquvchilarning amaliyoti Markaz bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.