Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Toshkent-Sharqiy» aerodromi oʻrnida zamonaviy aeroport barpo etiladi

05.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 250-son qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (хizmat) aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi. 

 

Hujjatda qayd etilishicha, «Toshkent-Sharqiy» aerodromi Mudofaa vazirligi tasarrufidan «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tarkibiga oʻtkazilgan. Kompaniya ayrim vazirliklar va idoralar bilan birgalikda «Toshkent-Sharqiy» aerodromining binolari, inshootlari va loyiha maydonini, shuningdek qurilish zonasiga kirmaydigan hududlarni aniqladi. Aerodrom bazasida fuqarolik (хizmat) aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish ishlari boshlandi.

 

Yangi aeroport qurilishi uchun nafaqat aerodrom binolari, inshootlarining tegishli hududi hamda ularda oʻrnatilgan uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalari, balki Mudofaa vazirligining 94 va 122-harbiy shaharchalari (Toshkent viloyati, Qibray tumani), shuningdek «Toshkent meхanika zavodi» AJning binolari hamda inshootlari tegishli hududi bilan ajratildi.

 

Aerodrom va harbiy shaharchalar hududida joylashgan, biroq qurilish zonasiga kirmaydigan ob’yektlar Toshkent viloyati hokimligiga tekin berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.