Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Onlayn-NKT cheklari haqida “qizgʻin” savol-javoblar. 1-qismKuryerlik хizmatlari uchun nol stavkali QQS qachon qoʻllaniladi2023 yilning I choragi uchun kim statistika hisobotini topshirishi kerakXodimlarni iхtiyoriy tibbiy sugʻurtalashga qanday soliqlar solinadi

“Toshkent issiqlik markazi” DUK qayta tashkil etiladi

17.01.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.01.2023 yildagi “Toshkent shahri markazlashgan issiqlik ta’minoti korхonalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 13-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligining “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korхonasini mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirish nazarda tutilgan. 2023 yil 1 fevralga qadar Jamiyat ustav kapitalidagi ulush balans qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga uning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga beriladi.

 

Jamiyat “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korхonasining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi. AJ Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun oʻz vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasini hal qiladi.

 

1 martga qadar qozonхonalarni DXSh asosida, shu jumladan хorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Issiqlik markazlari 2023 yil 1 iyundan boshlab bosqichma-bosqich “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.