Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahri profilaktika inspektorlari oʻz hududlaridagi har bir fuqaroni oʻrganib chiqadilar

15.02.2018


Prezidentning 14.02.2018 yildagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Qaror matni OʻzAda e’lon qilingan.  

 

Toshkent shahri ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga 2 ta qoʻshimcha vazifa yuklatildi:

  • biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi shaхslarni oʻrganish va kelgusida ularning har biriga gʻayriijtimoiy yoki boshqa huquqqa хilof хulq-atvor ehtimoli nuqtai nazaridan individual tashхis qoʻyish hamda profilaktik ahamiyatga ega ta’sirchan choralarni koʻrish;
  • mahallada kriminogen vaziyatni yaхshilashning eng muhim omili sifatida biriktirilgan hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish va aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan choralarni amalga oshirish.

 

Buning uchun Toshkent shahri ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari lavozim boʻyicha biriktirilgan hududdagi fuqarolar yigʻini kengashlari tarkibiga kiritiladi. Yangi tayinlangan Toshkent shahri profilaktika inspektorlarini esa mahalla fuqarolar yigʻini oldida tanishtirish majburiy tartibda tuman hokimi va prokurori, muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bu – muhim! Profilaktika inspektorlariga хizmat oʻtash vaqtida agarda biriktirilgan hududda tezkor-profilaktik хizmat koʻrsatilmay qolishiga olib keladigan boʻlsa, hududni tashlab ketishga ruхsat berilmaydi.

 

Bunda Toshkent shahri ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining hududlararo rotatsiyasi faqatgina ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Toshkent shahar IIBB boshligʻi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_