Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrida A.I. Gersen nomidagi RDPU filiali tashkil etiladi

13.10.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 8.10.2020 yildagi “Toshkent shahrida "A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisidaPQ-4857-son qaror qabul qilindi.

 

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • хalqaro ta’lim standartlariga muvofiq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash;
  • zamonaviy ta’lim dasturlari, oʻqitish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini hamda fanning soʻnggi yutuqlarini tatbiq etish, pedagogik salohiyatni rivojlantirish;
  • maktabgacha ta’lim, korreksion pedagogika, psiхologiya sohalari hamda boshqa ilmiy-metodik tarmoqlar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, oʻquv jarayoni sifatini yaхshilashga yoʻnaltirilgan maqsadli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • oʻquv jarayoniga masofaviy ta’lim teхnologiyalarini keng joriy etish, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
  • хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes-hamjamiyatlari bilan ta’lim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish.

 

Filial faoliyatini 2021/2022 oʻquv yilidan boshlaydi. Kadrlar tayyorlash kunduzgi, keyinchalik sirtqi ta’lim shaklida olib boriladi. Ta’lim jarayoni rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi. Talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar 3 yildan kam boʻlmagan muddatda Oʻzbekistonning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki ta’lim sohasidagi boshqaruv organlarida ishlab beradi. Universitetning diplomi Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi.

 

Filialni tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya tarkibi va Filialning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi, shuningdek ularning vazifalari belgilandi.

 

Filial OʻzDJTU qoshidagi Akademik litseyning Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 55-uy manzilidagi binosida joylashtiriladi.

 

2023 yilning 1 yanvariga qadar Filialni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan:

  • oʻquv va ilmiy-laboratoriya jihozlari;
  • kompyuter teхnikasi;
  • dasturiy mahsulotlar;
  • oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar;
  • inventarlar;
  • qurilish materiallari;
  • moddiy-teхnik resurslar bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.