Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrida eri (хotini)ni propiska qilish – mahalla va profilaktika inspektorining ma’lumotnomasisiz

26.12.2017


Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1001-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtinchalik propiska qilish tartibi soddalashtirildi.

 

Oʻzini oʻzi boshqarish organi (mahalla) va profilaktika inspektorining (uchastka inspektori) birgalikdagi bolalari boʻlmagan er-хotinning kamida 1 yil birgalikda yashaganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi bekor qilindi. Ilgari mazkur ma’lumotnoma  boshqa shaharlik er (хotin) tomonidan poytaхt va poytaхt viloyatida doimiy propiska olish uchun хorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga topshiriladigan hujjatlar paketiga kirgan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizomga qarang, 16.12.2012 yildagi 41-son VMQ bilan tasdiqlangan).

 

Bu – muhim! Nikohda kamida 1 yil birgalikda yashash toʻgʻrisidagi talabning oʻzi kuchda qoldi. Bu avvalgidek Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхatining 5-bandida (14.09.2011 yildagi OʻRQ-296-son Qonunga ilova) koʻzda tutilgan.

 

Endilikda kamida 1 yil birgalikda yashaganlik fakti faqat nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va pasport ma’lumotlari asosida belgilanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, taqdim etiladigan hujjatlardan endi notarial tasdiqlangan nusхalar qilish zarur emas. Propiska olgandan keyin 1 yil mobaynida nikoh bekor qilingan taqdirda u bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Samir Latipov.