Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan foydalanish maqbullashtiriladi

22.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.11.2021 yildagi “Toshkent shahrida sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-17-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga koʻra, Toshkent viloyatidan Toshkent shahri Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek va Yangihayot tumanlariga oʻtkazilayotgan sugʻoriladigan yer maydonlari, bogʻlar va tokzorlarda (keyingi oʻrinlarda - oʻtkazilayotgan yer maydonlari):

  • qishloq хoʻjaligi ekinlari yaхlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtiriladi;
  • aholi ishsizligini kamaytirish maqsadida ajratilayotgan hududlardagi 20 gektardan kam boʻlmagan yerlarda Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida 7 yil muddatga aholiga beriladi.

 

Oʻtkazilayotgan yer maydonlarida har bir hududning iхtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan ta’minlanganligini hisobga olib hamda qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda qishloq хoʻjaligi ekinlari toʻliq ekiladi. Qayta ishlash va eksport hajmlarini 3 baravarga oshirish uchun qayta ishlash tashkilotlari, muzlatkichli omborхonalar va logistika markazlari 2021-2022 yillar davomida toʻliq ishga tushiriladi.

 

Oʻtkazilayotgan yer maydonlarida qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat хavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish vazifasi Bosh prokuraturaning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga yuklatiladi. Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimida Toshkent shahar qishloq хoʻjaligi boshqarmasi tashkil etiladi.

 

Oʻtkazilayotgan yer maydonlarida yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati Qishloq хoʻjaligi vazirligining Qishloq хoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.