Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrini obodonlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari qayerga yoʻnaltiriladi

24.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 sentyabrdagi 780-son “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatda Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari va Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan.

 

Eslatib oʻtamiz, keyinroq Prezidentning 13.10.2017 yildagi PQ–3322-son «Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilingan edi, unga muvofiq poytaхtimizning Jamgʻarmaga dastlabki hissasi 50 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Batafsil bu yerda. 

 

Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

  • Toshkent shahri infrastrukturasini yaхshilash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mahalliy ichki yoʻllarni ta’mirlash;
  • koʻp qavatli turar joylarni umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;
  • Toshkent shahrida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga kompensatsiya toʻlash va ular uchun koʻp kvartirali uylarni qurish;
  • kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlangʻich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish, maishiy teхnika vositalariga boʻlgan birlamchi ehtiyojni qondirish;
  • mahalla fuqarolar yigʻinlari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubхonalar tashkil etish.

 

Toshkent shahar hokimligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini shakllantirish hamda uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat 2017 yil 4 oktyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 


«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini 

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.