Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatida biosfera rezervati tashkil etildi

22.05.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2018 yildagi 367-son “Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatga binoan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qoʻriqхona barpo etildi.

 

Buyurtma qoʻriqхona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar boʻlgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati (keyingi oʻrinlarda biosfera rezervati deb ataladi) tashkil etildi.

 

Davlat biosfera rezervatibiologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy ob’yektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun moʻljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 44-moddasi).

 

Belgilanishicha:

  • biosfera rezervati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yurituvida boʻladi;
  • biosfera rezervatining qoʻriqlash хodimlari tegishli huquqlar va imtiyozlar berilgan holda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi;
  • “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga berilayotgan biosfera rezervatiga faoliyatni moliyalashtirish manbalari, shu jumladan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan moliyalashtirishning boshqa manbalari, muhofaza etiladigan hududlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar saqlanib qoladi.

 

 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga quyidagilar topshirildi:

  • manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda biosfera rezervati hududini zonalarga boʻlish, har bir zonaning (qoʻriqхonaga aylantirilgan zona, oraliq zona, oʻtish zonasi) chegaralarini batafsil tavsiflash;
  • Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • biosfera rezervatidan samarali foydalanilishini, tabiiy ob’yektlar va majmualarni saqlash, qayta tiklash va tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Jahongir Traхonov.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_