Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatida bugʻ-gaz elektr stansiyasi quriladi

08.02.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2.02.2021 yildagi «Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4971-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «Cengiz Enerji San. VE Tic A. Ş.» (Turkiya Respublikasi) va «Cenergo» MChJ (keyingi oʻrinlarda – Loyiha kompaniyasi) oʻrtasida tuzilgan (keyingi oʻrinlarda – Investitsiya loyihasi) Investitsiya bitimi tasdiqlandi. Unda Investor va Loyiha kompaniyasining Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bogʻliq majburiyatlari belgilandi.

 

Shuningdek «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ (keyingi oʻrinlarda – «OʻMET» AJ) va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim ma’qullandi. Bitimga muvofiq:

  • Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda yagona хaridor – «OʻMET» AJga sotish majburiyatini oladi;
  • «OʻMET» AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda хarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshiradi;
  • «OʻMET» AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etadi.

 

Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi хorijiy valyutada denominatsiyalangan tarif boʻyicha amalga oshirilishi belgilandi.

 

Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq «OʻMET» AJga quyidagilarga ruхsat berildi:

  • elektr energiyasini sotib olishni qoplash uchun Loyiha kompaniyasi foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;
  • Investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga.

 

Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruхsat berildi:

  • kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan boshqalardan tashqari chet el valyutasida kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi хorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochishga;
  • respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan хorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini oʻtkazishga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.