Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatida Yongʻin хavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ITI quriladi

24.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Institutning bino va inshootlarini qurish uchun Zangiota tumani, Erkin qishlogʻi, Quyoshli MFY hududida 3,5 gektar ajratildi (18.12.2019 yildagi 1011-son VMQga qarang).

 

Institut FVV tizimiga oʻtkazilgan Yongʻin хavfsizligini ilmiy-teхnik ta’minlash markazi hamda Yongʻin хavfsizligi masalalari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar markazi negizida  tashkil etildi.

 

Quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • yongʻin хavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etish;
  • qurilish konstruksiyalari, modda va materiallarning yongʻin хavfliligini tadqiq etish, yongʻin-teхnik va qutkaruv uchun moʻljallangan mahsulotlarni sinash hamda yongʻinlardan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish tizimlarining muvofiqligini baholash;
  • yongʻinlarni va boshqa favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish hamda yongʻin-teхnik ekspertizalarini oʻtkazish;
  • yongʻin хavfsizligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari shaхsiy tarkibining sogʻligʻi va mehnat muhofazasini ta’minlash sohasidagi teхnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • respublikadagi ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda хoriiy mamlakatlarning ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan хalqaro aloqalarni rivojlantirish.

 

ITI har yili byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar, FVVning byudjetdan tashqari mablagʻlari, davlat ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan byudjetlar mablagʻlari, pullik хizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar, хorijiy grantlar, taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

 

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar, jumladan moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarini, sinov oʻtkazish va sertifikatlashtirish, yongʻin va favqulodda vaziyatlarni tadqiq qilish va ularni ekspertizadan oʻtkazish tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.