Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatida «Nurafshon business city» quriladi

04.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021 yildagi «Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish ishlarini jadallashtirish hamda zamonaviy ishbilarmonlik va turar joy markazlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 246-son qarori qabul qilindi.

 

Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi ishlarini yanada jadallashtirish, tuman (shahar) markazlari me’moriy qiyofasini yaхshilash va obodonlashtirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirish maqsadida:

  • Toshkent viloyati ma’muriy markazi qurilishi uchun 246,2 gektar yer uchastkasi, shu jumladan Konchi massivi hududida 113 gektar va Yangi turmush massivi hududida 133,2 gektar yer uchastkasi ajratib beriladi;
  • Toshkent viloyati ma’muriy markazi hududida ob’yektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Nurafshon shahar hokimligi huzurida «Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish direksiyasi» davlat unitar korхonasi tashkil etiladi.

 

Qaror bilan «Aqlli shahar» konsepsiyasi boʻyicha Nurafshon shahrida Toshkent viloyati ma’muriy markazini qurish» investitsiya loyihasini «Nurafshon business city» konsepsiyasiga oʻzgartiriladi. Tegishincha, tashkil etilgan Direksiya Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasiga qayta tashkil etiladi, u barcha huquq va majburiyatlar hamda tuzilgan shartnomalar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

 

Direksiya «Nurafshon business city» hamda tuman va shaharlarda tashkil etiladigan boshqa zamonaviy ishbilarmonlik va turar joy markazlari boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi, ularning hududlarida ob’yektlar qurilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

 

Direksiya faoliyati Prezidentning 2.08.2018 yildagi «Respublika hududlarida «Vusiness city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3895-son qarorida belgilangan vazifalar va qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.