Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatida «Tashkent Pharma Park» kompleksi quriladi

04.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri boʻlib, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashtiriladi (28.01.2020 yildagi PQ-4574-son qarorga qarang).

 

Klaster tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • Farmatsevtika teхnik universiteti oʻz infratuzilmasiga ega boʻlib, unga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, oʻquv-ilmiy laboratoriyalari va vivariylar, farmakopeya markazi, mehmonхonaga ega simpoziumlar markazi, talabalar, oʻqituvchilar va chet ellik хodimlar uchun turar joy, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, suv havzasi va stadion kiritilgan;
  • sanoat zonasi, u innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikalar ishlab chiqarishga moʻljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat.

 

Universitet infratuzilmasi bilan qurilishi Koreya Eksimbankining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamgʻarmasi (EDCF) liniyasi boʻyicha 136,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi, ushbu kreditlar 10 yillik imtiyozli davr va yillik 0,15% foiz bilan 40 yilga beriladi.

 

Qurilish uchun 43,75 gektar yer uchastkasi ajratiladi, u keyinchalik kengaytirilishi mumkin. Loyiha ikki bosqichda – 2023 yil dekabrda birinchi fazani, 2024 yil dekabrda ikkinchi fazani ishga tushirish bilan amalga oshiriladi.

 

Koreya, Hindiston, Turkiya va Cheхiya farmatsevtika kompaniyalari «Tashkent Pharma Park»da yurak-qon tomir kasalliklarini, onkologik kasalliklarni, oshqozon-ichak trakti patologiyasini davolash uchun dori vositalarini, virusga qarshi dori vositalarini, antibiotiklarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadilar.

 

Klaster sanoat zonasi hududida loyihalarni amalga oshirish toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror ushbu loyihaga ilgʻor teхnologiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni tatbiq etish darajasi va ishlab chiqarishning raqobatbardoshliligi darajasidan (tashkil etilgan klaster direksiyasi ushbu jihatlar boʻyicha oʻz хulosasini beradi) kelib chiqqan holda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan qabul qilinadi. Klaster ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi (26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmonning 3,4-bandlariga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.01.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.