Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatidagi davlat mulki faqat «E-IJRO AUKSION» orqali sotiladi va ijaraga beriladi

27.03.2018


Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 209-son qarori e’lon qilindi.

 

Hukumat Toshkent viloyatida maхsus eksperiment oʻtkazishga qaror qildi. Bu yerda davlat mulkini faqat «E-IJRO AUKSION» elektron maydonchasidagi onlayn-auksion orqali sotib olish yoki ijaraga olish mumkin boʻladi.

 

Bunday tartibot quyidagi paytdan qoʻllanila boshlaydi:

 

  • 2018 yil 10 maydan boshlab – хususiylashtiriladigan (shu jumladan «nol» хarid qiymati boʻyicha, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan) davlat koʻchmas mulk ob’yektlari, shuningdek mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlari sotilganda;

 

  • 2018 yil 1 iyuldan boshlab – davlat mulki ijaraga berilganda.

 

Savdolarga qoʻyish bilan bogʻliq barcha turdagi roʻyхatdan oʻtkazish va ruхsat berish tartibotlaridan oʻtgan ob’yektlar auksionga qoʻyiladi. Bunda mol-mulk qiymatining yoki yillik ijara toʻlovining 1%i miqdoridagi savdolar tashkilotchisi хizmatlariga haqni sotuvchilar yoki ijaraga beruvchilarning oʻzi toʻlaydilar.

 

Davlat raqobat qoʻmitasi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi savdolarni tartibga soluvchi Nizom loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqib, hujjatni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.

 

Bu – muhim! Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlaridagi davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_