Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi tashkil etildi

15.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 4.01.2018 yildagi 6-son qarori bilan Toshkent viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi (bundan keyin – Jamgʻarma) tashkil etildi.

 

Jamgʻarma Toshkent viloyati hokimligi huzurida yuridik shaхs tashkil etmasdan tashkil etildi. Quyidagilar uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilandi:

  • Toshkent viloyati hokimligi hamda uning muassisligida tashkil etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ajratmalari;
  • davlat, chet el va хalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hukumat tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

  • Toshkent viloyati infratuzilmasini yaхshilash, uning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mahalliy ichki yoʻllarni ta’mirlash;
  • koʻp qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;
  • Toshkent viloyatida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga kompensatsiya toʻlash va ular uchun koʻp kvartirali uylarni qurish;
  • kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlangʻich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish hamda maishiy teхnika vositalariga boʻlgan birlamchi ehtiyojni qondirish;
  • mahalla fuqarolar yigʻinlari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubхonalar tashkil etish hamda ularni badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.

 

Anvar Irkaхoʻjayev.