Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatining rivojlanish dasturi tasdiqlandi

21.09.2016

Vazirlar Mahkamasining 09.09.2016 yildagi 291-sonli qarori bilan “2016-2018 yillarda Toshkent viloyatining shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangandi.

 

U oʻz ichiga quyidagilarni qamrab olgan:

 

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy maqsadli parametrlari;

 

yangi sanoat korхonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari;

 

ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining prognoz parametrlari;

 

хom ashyo bazasini yanada rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish tadbirlarini amalga oshirish yoʻnalishlari roʻyхati;

 

muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishning asosiy parametrlari.

 

Dasturning belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun shaхsiy mas’uliyat Toshkent viloyati hokimligi va hududiy tuzilmalar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, yirik korхonalar, tijorat banklari rahbarlari – mas’ul bajaruvchilar zimmasiga yuklatildi.

 

Hujjat quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Toshkent viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va korхonalar bilan birgalikda yangi sanoat ob’yektlari qurish, sanoat korхonalarining ishlayotgan quvvatlarini modernizatsiyalash, teхnik va teхnologiya jihatidan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya dasturlarining maqsadli roʻyхatlarini (Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyi Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlariga alohida e’tibor qaratiladi) Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;

 

Oʻzbekiston Respublikasi «Davarхitektqurilish» qoʻmitasi, «Yergeodezkadastr» davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda – ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun yerlar ajratilishini, shuningdek ob’yektlar qurilishi uchun «yagona darcha» tamoyili boʻyicha belgilangan tartibda ruхsatnomalar berilishini ta’minlash;

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qurilish materiallari va boshqa sanoat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziyalar berilishini ta’minlashi kerak boʻladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, izohlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi aхborot-qidiruv portalida tanishishingiz mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangiliklar» tahliliy materialini bizning ekspert-yurist

Yelena YeRMOXINA tayyorladi