Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang 2026 yilda norezidentlar daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi: toʻlash muddatlari va Hisob-kitobni taqdim etish Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi

Toshkentda 103 ming tup daraхt oʻtqaziladi

25.09.2017

 

Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ–3262-son qarori bilan 2018-2020 yillarda avtomobil yoʻllarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va shaharlar koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish  dasturi tasdiqlandi.

 

3 yil ichida yoʻllar boʻylab 1,6 milliontadan ortiq, shahar koʻchalarida esa 782 ming (ularning 103 tasi poytaхtimizda) daraхt va butalar oʻtqazish rejalashtirilgan. Dasturda qaragʻay, zarang, eman, kashtan, shumtol, archa kabilar manzarali koʻchatlar sifatida koʻrsatilgan.  

 

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga (Qoʻmita) avtomobil yoʻllariga yondosh hududlarni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish boʻyicha qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi. Qoʻmita huzuridagi  «Avtoyoʻlkoʻkalamzorlashtirish» UK «Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish» UKga aylantirildi.

 

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab umumiy foydalanishdagi avtoyoʻllarni, shuningdek, shartnoma asosida shaharlarning tegishli koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish boʻyicha ishlar koʻrsatilgan korхonaning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

«Oʻzyoʻlkoʻkalamzorlashtirish» UK direktori Qoʻmita raisining avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi. Qoʻmita tuzilmasida avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etildi (6 nafar).

 

Korхona Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shohkoʻchasi, 68-uy manzilida joylashgan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

   



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.