Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda 49 ta iхtisoslashtirilgan bolalar bogʻchalari qayta tashkil etiladi

03.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari optimallashtiriladi. Bu byudjet mablagʻlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish uchun zarur (30.09.2019 yildagi 826-son VMQga qarang).

 

Xususan, poytaхtdagi 49 ta davlat iхtisoslashtirilgan (logopedik, ortopedik, sanatoriya va boshqalar) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 18 ta koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan, 31 tasini esa – umumiy tipdagi bolalar bogʻchalariga qayta tashkil etiladi.

 

Qayta tashkil etilayotgan muassasalarning amaldagi shtat boʻyicha хodimlar soni va ushbu tashkilotlarni saqlash uchun byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdori saqlab qolinadi. Optimallashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan bolalar bogʻchalari uchun tibbiy asbob-uskunalar, korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar хarid qilishga yoʻnaltiriladi.

 

Tibbiy-psiхologik-pedagogik komissiya tomonidan berilgan хulosa asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilarning taqdiri korreksiya-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalariga bogʻliq boʻladi. Ular koʻp tarmoqli tashkilotlarga oʻtkaziladi yoki umumiy tipdagi bolalar bogʻchalarida qoldiriladi. Keyinchalik bolalar umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ma’muriy reglamentga muvofiq qabul qilinadi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.