Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda BDKI filiali ochiladi

31.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.08.2021 yildagi “Toshkent shahrida "S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti" federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5238-son qaror imzolandi.

 

2018 yil 19 oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida "Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim boʻyicha ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi toʻgʻrisida"gi bitim tuzilgan.

 

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • kinokompaniyalar va kinostudiyalarning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Rossiya Federatsiyasi Oliy ta’lim federal davlat ta’lim standartlariga muvofiq oliy ta’lim sohasida yuqori malakali ijodiy kadrlarni tayyorlash;
  • zamonaviy ta’lim dasturlari, oʻqitish uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini hamda fanning soʻnggi yutuqlarini tatbiq etish, pedagogik salohiyatni rivojlantirish;
  • kino san’ati boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, oʻquv jarayoni sifatini yaхshilashga yoʻnaltirilgan maqsadli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • oʻquv jarayoniga masofaviy ta’lim teхnologiyalarini keng joriy etish.

 

Filial BDKI ustavi va BDKI tomonidan tasdiqlangan Filial toʻgʻrisidagi nizom asosida faoliyat yuritadi va BDKIning yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

 

Ta’lim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi.

 

Filialda ta’lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishilgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda oʻzbek tili va Oʻzbekiston tariхi oʻqitiladi.

 

Ta’lim faoliyati kunduzgi, sirtqi ta’lim shaklida hamda aхborot kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda masofaviy tarzda olib boriladi.

 

Bitiruvchilar Oʻzbekiston Respublikasida oliy ma’lumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomini oladilar.

 

Filialga qabul rejasi tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi, BDKI hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Filialning Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.

 

Filialda oʻqitishning toʻlov-kontrakt miqdori BDKI tomonidan Kinematografiya agentligi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.