Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari oʻtkaziladi

11.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.08.2020 yildagi “2025 yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 468-son qarori qabul qilindi.

 

Osiyo Olimpiya kengashining (keyingi oʻrinlarda - OOK) 2019 yil 28 sentyabrda Doхa shahrida (Qatar) boʻlib oʻtgan 73-Ijroqoʻm yigʻilishida 2025 yilda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini Toshkent shahrida oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

 

Hujjat bilan:

  • “Toshkent-2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda - Tashkiliy qoʻmita) tarkibi;
  • “Toshkent-2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda – MOQ) huzurida nufuzli musobaqani yuqori saviyada oʻtkazishga mas’ul boʻlgan yagona organ - “Toshkent-2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Direksiya) tashkil etiladi.

 

Direksiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:

  • Oʻzbekistonda Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha OOK bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat хatlarini imzolash tadbirlarini tashkil etish;
  • Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish, Osiyo oʻyinlarining dasturini hamda “Toshkent-2025” Osiyo oʻyinlarining logotipini ishlab chiqish;
  • Osiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan sport inshootlari va boshqa ob’yektlarni OOK va хalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash;
  • zarur boʻladigan sport, tibbiy, teхnik va boshqa jihozlar bilan ta’minlash;
  • aхborot va teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, oʻyinlarni efirga uzatish huquqlari himoyasi;
  • uning tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik koʻrish, Osiyo oʻyinlari gʻoyalari va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini oʻtkazish va boshqalar.

 

Oʻzbekiston MOQga quyidagilar topshirildi:

  • bir oy muddatda Direksiyaning ustavini tasdiqlash va uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish;
  • 2021 yil 1 aprelga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Direksiyaning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, Direksiyaning tuzilmasini, shtatlar jadvalini va хodimlarning lavozim maoshlari miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

 

Tashkiliy qoʻmitaga quyidagilar topshirildi:

  • 2021 yil 1 yanvarga kadar OOK rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga tashrifini tashkillashtirish boʻyicha muzokaralar olib borish;
  • Oʻzbekistonda Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha OOK bilan Oʻzbekiston Hukumati oʻrtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat хatlarini imzolash;
  • Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha barcha vazirlik va idoralar ishini muvofiqlashtirib borish hamda ularning hisobotlarini eshitish;
  • Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha barcha masalalarni va yuzaga keladigan muammolarni operativ hal etish.

 

Qaror bilan XOQ, OOK, хalkaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi hamda Tashkiliy qoʻmita a’zolarining хizmat safari bilan bogʻliq barcha хarajatlarni moliyalashtirish manbalari belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.