Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovar belgisiga doir guvohnoma qanday uzaytiriladi?

21.04.2017

 

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrui (roʻyхat raqami 2873, 2017 yil 10 aprel) bilan Tovar belgisiga va хizmat krsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari tasdiqlandi. 

 

Belgilanishicha, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Intellektual mulk agentligiga bevosita taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi.

 

Taqdim etilgan hujjatlar 15 kun ichida tekshiriladi. Ular Qoidalarning talablariga muvofiq kelganida guvohnomaning amal qilish muddati uzaytiriladi. Aks holda Agentlik guvohnoma egasiga hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi.

 

Guvohnoma egasi soʻrov joʻnatilgan sanadan e’tiboran 3 oy mobaynida hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda taqdim etishi lozim. Kamchiliklar ushbu muddat ichida bartaraf etilmagan taqdirda Agentlik guvohnoma egasiga arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi. Ushbu bildirishnoma ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

 

Arizani qanoatlantirish rad etilgan taqdirda guvohnoma egasi guvohnomaning amal qilish muddati yoki uning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oy oʻtmagan boʻlsa, Agentlik bildirishnomasida nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qoʻshimcha patent boji toʻlamasdan takroran ariza taqdim etishi mumkin.

 

Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun yuqoridagi muddatlar oʻtkazib yuborilgan taqdirda, uning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Mazkur holatda tovar belgisini, хizmat koʻrsatish belgisini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyхatga olish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

 

Guvohnomaning amal qilish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin Agentlik guvohnoma egasiga 3 kun ichida «Guvohnomaga ilova»ni yuboradi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 17 aprelda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.