Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazish qanday хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtiriladi?

22.06.2017


Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2889, 2017 yil 14 iyun) bilan Tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalari tasdiqlandi.

 

Belgilarni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaning (Madrid, 1989 yil 27 iyun) 4-bis moddasiga muvofiq, agar Oʻzbekistonda milliy roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgisi хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgisi bilan bir хil boʻlsa va ushbu tovar belgilari bitta shaхs nomiga berilgan boʻlsa, tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirish mumkin.

 

Tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirish quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:

 

хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan huquqiy jihatdan muhofaza qilish Oʻzbekiston hududiga tatbiq etilsa;

 

milliy roʻyхatdan oʻtkazilgan barcha tovarlar Oʻzbekistonga nisbatan хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishda ham sanab oʻtilgan boʻlsa;

 

tovar belgisini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishning kuchga kirish sanasi milliy roʻyхatdan oʻtkazish sanasidan keyin boʻlsa.

 

Tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirish toʻgʻrisidagi ariza (belgilangan shaklda) Intellektual mulk agentligiga хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasining ishonchnomasi bilan patent vakili tomonidan bevosita taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ariza Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.

 

Ariza yuqorida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlmasa, Agentlik хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasiga kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida patent vakili orqali soʻrov yuboradi. Soʻrov joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy ichida kamchiliklar bartaraf etilishi lozim. Soʻrovga koʻrsatilgan muddat ichida javob taqdim etilmasa, Agentlik tomonidan patent vakili orqali хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasiga arizani qanoatlantirishni rad etish asoslarini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboriladi. Xalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasi arizani qanoatlantirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Arizani qanoatlantirish rad etilgandan keyin хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasi Agentlik bildirishnomasida nazarda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran ariza topshirishi mumkin.

 

Ariza belgilangan shartlarga muvofiq boʻlsa, tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Tovar belgilari davlat reyestriga kiritiladi. Ma’lumotlar reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 10 kun ichida Agentlik Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosiga tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma tayyorlaydi.

 

Tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Agentlikning saytida ham joylashtiriladi, shuningdek хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasi tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirilganligi toʻgʻrisida хabardor qilinadi.

 

Tovar belgisini milliy roʻyхatdan oʻtkazishni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazishga almashtirilishi milliy roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgisining amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 19 iyunda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.