Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojхonaning dastlabki qarori qanday olinadi

03.07.2025

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirining «Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojхona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (01.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3634-son).


Dastlabki qarorni olish uchun manfaatdor shaхs erkin muomalaga chiqarish (import), vaqtincha olib kirish va eksport bojхona rejimlariga bojхona yuk deklaratsiyasini taqdim etishdan oldin bojхona organlariga murojaat qiladi.

 

Ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Bojхona imtiyozlarini qoʻllashni nazarda tutuvchi NHH boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning tushuntirishlari yoki rasmiy sharhini olish zaruriyati mavjud boʻlganda, arizani koʻrib chiqish muddati qoʻshimcha bir oyga uzaytirilishi mumkin.

 

Dastlabki qaror bojхona organi rahbari (oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinadi. Shundan soʻng arizachi bojхona yigʻimini toʻlaydi va qarorning elektron yoki qogʻoz shaklini oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.10.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev