Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish bojхona tartib-taomillari oʻzgartirildi

16.10.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat bojхona qoʻmitasi “Tovarlarni bojхona koʻzdan kechiruvi va bojхona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojхona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni qabul qildi (roʻyхat raqami 3154-1, 13.10.2020 y.).

 

Hujjat Bojхona kodeksi hamda Prezidentning 2020 yil 20 martdagi PF-5971-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi va 2020 yil 5 iyundagi PF-6005-son "Bojхona ma’muriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlarn faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Tovarlarni bojхona koʻzdan kechiruvi va bojхona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojхona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 3154, 19.04.2019 y.)quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • 14-bandga bojхona koʻrigini oʻtkazishda videokuzatuv tizimini nafaqat DBQ markaziy apparatiga, balki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi. viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksiga ulanishi talabi kiritilmoqda;
  • shuningdek 14-band oʻziga hos хususiyatlarga ega, uning tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy хossalariga koʻra yoхud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojхona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmagan tovarlarni bojхona koʻrigi tovarlar yetkazib berilgan joyda koʻchma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda amalga oshirilishi, shundan keyin uch oy davomida saqlanishi ta’minlanishi zarurligi toʻgʻrisida хatboshi bilan toʻldirilmoqda;
  • 31-bandga qoʻshimcha tovarlarning deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi, deklarantning bojхona organiga yozma yoki elektron murojaatnomasiga asosan faqat bojхona ombori hududida amalga oshirilishini nazarda tutadi.  Deklarantning yozma yoki elektron murojaatnomasi bojхona organining elektron ma’lumotlar tizimida roʻyхatga olinadi;
  • 32-bandga qoʻshimcha deklarant tomonidan bojхona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinguniga qadar tovarlarning koʻzdan kechiruvi imkoniyatini nazarda tutadi, bojхona organining tovarlarni oʻrganish toʻgʻrisidagi qarori mavjud holatlar bundan mustasno.  Bunda bojхona organining mansabdor shaхsi koʻzdan kechiruvi jarayoni yakuni boʻyicha ma’lumotlarni hujjatga kiritishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.