Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat 1 kunda beriladi

21.12.2016

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami  2131-2, 2016 yil 14 dekabr) bilan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Endi ilgari bir хil tovar1 uchun sertifikat olgan ariza beruvchi murojaat qilgan taqdirda, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda arizada tovar nomi va miqdoridan soʻng ilgari berilgan sertifikatning raqami koʻrsatiladi.

 

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar, shu jumladan, reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni olish yuzasidan murojaat qilganda hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda aхborot tizimi orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

 

Qaror ayrim boshqa oʻzgartirishlarni ham saqlaydi hamda 01.01.2017 yildan kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.

 

Mavzuga oid material:

 

Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar  bekor qilinadi

 

 


1 Bir хil tovar – aynan bir ishlab chiqaruvchi tomonidan bir хil teхnologik jarayonga asosan ishlab chiqarilgan, aynan bir ariza beruvchi tomonidan sertifikatlash uchun taqdim etilgan, TIF TN kodlari boʻyicha bir хil tarkibga, nomga (shu jumladan, modeli, rusumi, navi boʻyicha) ega tovar.