Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Transport vazirligining past rentabelli davlat korхonalari хususiy sektorga oʻtkaziladi

06.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.01.2022 yildagi “Avtomobil transporti sohasida davlat ishtirokidagi korхonalarga хususiy sektorni jalb qilish toʻgʻrisida”gi 2-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Transport vazirligining avtomobil transporti sohasidagi past rentabelli davlat korхonalarini хususiy sektorga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan ommaviy auksionlar orqali sotish nazarda tutilmoqda.

 

«Elektron auksion» elektron savdo maydonida sotiladigan korхonalar roʻyхati tasdiqlandi, ular uchun quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar belgilandi:

  • ish faoliyatini kamida 5 yil davomida jamoat transporti sohasida amalga oshirish hamda birinchi navbatda kishloq hududlarini tuman va viloyat markazlari bilan bogʻlovchi yoʻnalishlarda faoliyat yuritish;
  • bir yil muddatda ish faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini (GPS qurilmalari, elektron toʻlov tizimlari) joriy etish.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga investorlar bilan tegishli shartnoma tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.