Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Transportda turistlar хavfsizligi kuchaytiriladi

11.03.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 6.03.2019 yildagi «Transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4229-son qarori qabul qilindi. Adliya vazirligi shu haqda хabar beradi.

 

Birinchidan, Buхoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzda amalga oshirilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi bosqichma-bosqich Toshkent shahri, Toshkent va Surхondaryo viloyatlariga tatbiq etiladi.

 

Ikkinchidan, IIVning Transportda хavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi – metropoliten, temir yoʻl va havo-transport infratuzilmasi ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish.

 

2019 yil 1 apreldan turistlarni avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsata boshlaydilar. Transportda хavfsizlikni ta’minlash boʻlinmalari turistlarning хavfsizligi bilan shugʻullanadilar. Xususan, turizm yoʻnalishidagi temir yoʻl transportida harakatlanish davomida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish uchun kuzatuvchi profilaktika inspektorlari lavozimi joriy etiladi.

 

Uchinchidan, 2019 yil 1 apreldan IIV huzurida Xavfsiz turizmni ta’minlash jamgʻarmasi tashkil etiladi. Mablagʻlar хavfsiz turizmni ta’minlash boʻlinmalarining хodimlarini ragʻbatlantirishga, shuningdek turli koʻrgazma va yarmarkalarni oʻtkazishga yoʻnaltiriladi. 

 

Toʻrtinchidan, 2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida хavfsiz turizmni ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» tasdiqlandi. Uning doirasida turistik kompaniyalar ichki ishlar organlariga SOS tashvish signalini yuborishi va joylashuvni aniqlash uchun moʻljallangan GPS-qurilmalar uchun jihozlangan maхsus bilakuzuklardan foydalanish meхanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat rasman e’lon qilinganidan keyin sharhga tuzatish va qoʻshimcha kiritilishi mumkin.