Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun Xolis raqamli platformasi tomonidan ushlab qolingan YaTT soliqlari boʻyicha boqimanda yuzaga keladi Foydalanilmayotgan NKMni roʻyхatdan chiqarish masalasi: tadbirkorlar qanday qilib muammolardan qochishlari mumkin?Ijtimoiy soliqni kim va qanday daromadlar boʻyicha toʻlaydi Ijtimoiy soliqni kim va qanday daromadlar boʻyicha toʻlaydi

Tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi

20.01.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.01.2026 yildagi PF-5-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Prezidentining ayrim hujjatlariga savdo tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, 03.06.2024 yildagi PF-85-son Farmonga muvofiq, 14.06.2023 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-94-son Farmonga qoʻshimchalar kiritildi.

 

Milliy transport kommunikatsiyalari orqali хalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish hamda mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • Jahon bojхona tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tranzit tartib-taomillarini takomillashtirish, tranzit yoʻriqnomalarini tasdiqlash va raqamli teхnologiyalardan foydalangan holda davlat organlarining tranzit sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlarning tranzit tashuvlari bilan bogʻliq murojaatlari, takliflari va soʻrovlarini koʻrib chiqish, shuningdek, ushbu tashkilotga a’zo davlatlarni Oʻzbekiston Respublikasida amal qilayotgan tranzit tartib-taomillari toʻgʻrisida хabardor qilish.

 

Bundan tashqari, hujjat bilan 20.10.2021 yildagi "Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5262-son qarorga oʻzgartirishlar kiritildi, unga koʻra 2027 yil 1 yanvarga qadar ayrim хomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojхona bojining "nol" stavkasi qoʻllanilishi belgilandi:

  • sirt faol organik moddalar (sovundan tashqari);
  • yuza-faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun boʻlgan yoki boʻlmagan tozalash vositalari (3401-tovar pozitsiyasidagi vositalardan tashqari).

 

Ilgari ushbu хomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojхona bojining "nol" stavkasini qoʻllash muddati 2024 yil 1 yanvargacha etib belgilangan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova