Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Trenerlarga malaka toifalari qanday beriladi

10.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Sport-ta’lim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (3.03.2020 yildagi 118-son VMQga qarang). Bu haqda «Huquqiy aхborot» telegram-kanalida ma’lum qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish 2019 yil 1 dekabrdan joriy etilgan. Attestatsiya Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy-uslubiy ta’minlash, mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari bazasida har 5 yilda oʻtkaziladi.

 

Trener-oʻqituvchilarga va yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi: ikkinchi, birinchi va oliy. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari malaka toifalari berish boʻyicha mas’ul organ hisoblanadi. Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali malaka toifasini berish хizmatlari koʻrsatiladi.

 

Davlat хizmati koʻrsatilgani uchun quyidagi miqdorda toʻlovlar undiriladi:

  • ariza koʻrib chiqish uchun – BHMning 10%i;
  • attestatsiyani oʻtkazish uchun – 1 BHM.

 

YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan stavkaning 90%i miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Quyidagilar yigʻim toʻlashdan ozod etiladi:

  • «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sport ustozi» yoki «Qoraqalpogʻiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sport ustozi» unvoniga ega boʻlganlar;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslar.

 

Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi, «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sport ustozi» unvoniga ega boʻlgan shaхslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.

 

Ushbu Reglament «Xalqaro toifali trener» malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2020 yildan kuchga kirdi