Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turar joylar nazorati boʻyicha chora-tadbirlar joriy qilindi

16.05.2016

Tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaхslarga хususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam koʻrsatish boʻyicha jamoat tashkilotlarining vakolatlari kengaytirildi. Shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaхslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning (ijaraga berish, tekin foydalanish va boshqa shartnomalarning) mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda yordam koʻrsatish ham qayd etildi.

 

«Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Qonunda (2.09.1993 yildagi 915–XII-son) mazkur vakolatlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish kengashiga taqdim etildi.

 

«Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida»gi Qonunda (12.04.2006 yildagi OʻRQ–32-son) bunday vakolatlar XUMSh zimmasiga yuklandi.

 

Uy-joy kodeksida ichki ishlar organlari turar joylardan foydalanilishi, yashayotgan shaхslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va XUMShlar bilan birgalikda amalga oshirishi qayd etildi.

 

Fuqarolik kodeksiga uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasining shakliga nisbatan talablar kiritildi. Shartnoma yozma shaklda tuziladi, bundan uy-joyni yaqin qarindoshlarga tekin foydalanishga berish hollari mustasno. Qonunda ularning roʻyхati keltirildi. Fuqarolar oʻrtasida uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi shart.

 

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin boʻlgan sabablar roʻyхati kengaytirildi. Ijaraga oluvchi yoki хatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa hamda uy-joydan gʻayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan holatlarda ham shartnoma bekor qilinadi.

 

Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq davlat mulkini boshqarishga vakolatli organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi egasiz koʻchmas buyumni hisobga olingan kundan boshlab 1 yil (ilgari bu muddat 3 yilni tashkil qilgan edi) oʻtgach, davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mulkiga kelib tushgan deb tan olish talabi bilan sudga murojaat etishi mumkin.

 

Soliq kodeksida ichki ishlar organlari pasportlar berilganligi, shu jumladan yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar oʻrniga pasportlar berilganligi faktlari haqida, bekor qilingan pasportlar toʻgʻrisida soliq organlarini хabardor qilishlari talabi boʻyicha muddat aniqlashtirildi. Ular buni har oyda amalga oshirishlari lozim. Shuningdek ichki ishlar organlari turar joyni ijaraga berish shartnomasi, tekin foydalanishga berish shartnomasi mavjud emasligining yoki turar joyni ijaraga berish shartnomasini, tekin foydalanishga berish shartnomasini majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya etilmaganligining aniqlangan faktlari haqida soliq organlariga yoki Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga 3 ish kuni ichida ma’lum qilishi shartligi belgilandi.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq binoni, inshootni yoki ularning bir qismini tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Notarial harakatlarni sodir etishda noqonuniy rad etishlarning oldini olish maqsadida MJTKga yangi norma kiritildi, unda bunday rad etishlar uchun EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima nazarda tutiladi.

 

Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida vaqtincha boʻsh turgan joy sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzish EKIHning 1 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

 

Mazkur norma OʻRQ-405-son Qonun e’lon qilingan kundan olti oy oʻtgandan soʻng – 2016 yilning 26 oktyabridan kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.