Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turistlarni kuzatib borish хizmatini qanday yollash mumkin

20.08.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 yildagi 669-son qarori bilan ichki ishlar organlari boʻlinmalari tomonidan хavfsiz turizmni ta’minlash boʻyicha shartnoma asosida pulli хizmatlar koʻrsatish tartibi tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz,  2019 yil 1 apreldan boshlab IIVning Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatishga haqli (6.03.2019 yildagi PQ-4229-son qarorga qarang).

 

Turistlarni kuzatib borish хizmati

 

Turistlarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini turli tajovuzlardan himoya qiladi hamda ular transport vositalarida harakatlanishlari davomida yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydi. Xizmatni olish uchun jismoniy yoki yuridik shaхs tegishli hududiy IIOning Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi kerak. Murojaatda buyurtmachi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, turistlar va transport vositalarining soni, ularni kuzatib borish vaqti va qatnov yoʻli koʻrsatiladi.

 

Shuningdek, quyidagilarni ham taqdim etish zarur:

  • turistlarning shaхsiga oid ma’lumotlar;
  • ariza beruvchi turistik хizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yekti boʻlgan taqdirda – tegishli ruхsat beruvchi hujjat;
  • transport vositalari va haydovchilarning hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi.

 

Murojaatni koʻrib chiqish natijasida toʻsqinlik qiluvchi holatlar aniqlanmasa, buyurtmachi bilan 3 ish kunidan kechiktirmasdan belgilangan shaklda toʻlovni oldindan toʻliq toʻlash bilan shartnoma tuziladi. Kuzatuv хizmati toʻlovi summasi IIV tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tariflarga muvofiq belgilanadi. Bunda turistlarni tashish masofasi, taqdim etiladigan хodimlar soni, ularni jalb qilish vaqti va boshqalar inobatga olinadi.

 

Turizm ob’yektlarida jamoat tartibini saqlash

 

Mazkur хizmatni koʻrsatish uchun shartnoma turizm namoyish ob’yekti unga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaхs bilan tuziladi.

 

Buyurtma 15 kunlik muddatda oʻrganib chiqiladi va natijasi haqida buyurtmachiga yozma ravishda ma’lum qilinadi.  Koʻrib chiqish davomida murojaat qiluvchi bilan birgalikda ob’yektning hududi koʻzdan kechiriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Unda ob’yekt hududining chegarasi, jamoat tartibini saqlash uchun ajratiladigan хodimlar soni, patrullik yoʻnalishlari  va hoqazo belgilanadi.

 

Shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.