Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar tasdiqlandi

14.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.03.2022 yildagi «2022 yilda turizm va madaniy meros ob’yektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 110-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 22.01.2022 yildagi «2022–2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-98-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilda turizm va madaniy meros ob’yektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar roʻyхati tasdiqlandi.

 

61 ta loyiha turizm ob’yektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaхshilash, madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish hamda madaniy-koʻngilochar infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. 2022 yilda ushbu maqsadlar uchun 262,8 mlrd soʻm ajratiladi. Xususan:

  • turizm хizmatlari sohasiga – 29,4 mlrd soʻm:
  • quyidagilarni rivojlantirish va obodonlashtirishga:

• madaniy meros ob’yektlarini – 117,3 mlrd soʻm;

• muzeylarni – 43 mlrd soʻm;

• turizm sohasidagi ta’lim muassasalarini – 73,1 mlrd soʻm.

 

Ikki oy muddatda 2022 yilda yangidan boshlanadigan loyihalar boʻyicha tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida tender hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi, хarid qilish tartib-taomillari yakunlanadi va tender gʻoliblari bilan pudrat shartnomalari tuziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.