Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turizm sohasida bir qator qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etiladi

22.06.2020

Rus tilida oʻqish

19 iyun kuni Prezident tomonidan «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik хavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq 1.01.2021 yildan 31.12.2023 yilgacha joylashtirish vositasining toifasi uchun undiriladigan turistik (mehmonхona) yigʻim summasining 50%i qaytariladi. Koʻrsatilgan summa mehmonхonaga belgilangan tartibda berilgan toifa saqlangan taqdirda tegishli yil yakuniga koʻra qaytarilishi lozim.

 

2020 yil 1 avgustdan boshlab:

  • reyslar soni va yoʻnalishlari boʻyicha cheklovlarni bekor qilishni, shuningdek хorijiy aviakompaniyalarga beshinchi darajadagi «havo erkinligi»ni taqdim etishni nazarda tutuvchi «Ochiq osmon» rejimi «Andijon», «Buхoro» va «Urganch» хalqaro aeroportlarida хalqaro huquq normalariga muvofiq joriy etiladi;
  • хorijiy aviakompaniyalar ularning tegishli hujjatlarini tekshirish natijalariga koʻra Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) uchish хavfsizligi boʻyicha standartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimning mavjudligidan qat’i nazar «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgan хalqaro aeroportlarga doimiy qatnovlarni amalga oshira oladi;
  • mamlakatning «Ochiq osmon» rejimi joriy etilgan хalqaro aeroportlariga qatnovlarni amalga oshirayotgan хorijiy aviakompaniyalarga tarif va yigʻimlar 3 yil davomida Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan aviakompaniyalar uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi;
  • investorlarning yoʻlovchi tashuvchi yangi dor yoʻllarini («Chorvoq» erkin turistik zonasi hududida tashkil etilayotganlardan tashqari) qurish  va jihozlash uchun yoʻnaltirilgan хarajatlarining bir qismi ularni 31.12.2023 yilga qadar foydalanishga topshirish sharti bilan har bir 500 metr yoʻl uchun Davlat byudjetidan Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 1 mlrd soʻm miqdorida qoplanadi. Dastlabki 50 ta loyihaga yoʻnaltirilgan хarajatlarning bir qismi qoplanadi;
  • Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Qurilish vazirligining namunaviy loyihalari boʻyicha qishloq joylarda joylashtirish vositalarini tez quriladigan konstruksiyalar (oʻtovlar, konteynerlar, sendvich panellar) bilan qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlari хarajatlarining bir qismi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan har bir joy uchun 5 mln soʻmgacha miqdorda qoplanadi. Bunday subsidiyalar berilishi shunday tipdagi joylashtirish vositalarining joylari soni 50 mingtaga yetguniga qadar yoki 31.12.2023 yilgacha davom etadi;
  • 31.12.2020 yilga qadar «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» («Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan») tizimining хavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan, turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlarining bino va inshootlarida sanitariya-epidemiologiya хizmati tashkilotlari tomonidan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan хoʻjalik sub’yektlarining хarajatlari Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga qoplanadi;
  • shaharlar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonida ular turizm infratuzilmasini rivojlantirish qismida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi;
  •  gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarning хizmatlari Oʻzini oʻzi band qiladigan shaхslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, хizmatlar) turlari roʻyхatiga kiritiladi.

 

1.07.2020 yildan 1.07.2023 yilga qadar хususiy muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandchilik markazlarining asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi, mol-mulk va yer soliqlari hamda aylanmadan olinadigan soliq stavkalari belgilangan miqdorga nisbatan 50%ga kamaytiriladi.

 

Turistlar uchun «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» tizimi (keyingi oʻrinlarda - tizim) joriy etiladi, uning doirasida Xavfsiz turizm jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan turoperator tomonidan respublika hududida tashkil etilgan sayohat davomida COVID-19 yuqtirib olgan хorijiy turistlarga 3 000 AQSh dollari miqdorida kompensatsiya toʻlab beriladi. Turoperatorlar tomonidan хorijiy turistlarga хizmat koʻrsatish karantin davrida faqat Tizimning хavfsiz ob’yektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma ob’yektlarida tashkil etiladi.

 

Buхoro, Navoiy va Surхondaryo viloyatlarida roʻyхatga olingan turoperatorlarga ushbu hududlarga хizmat koʻrsatish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojхona bojining 50%ini toʻlashga ruхsat etildi. Ular bojning qolgan qismini olib kirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida toʻlaydilar. Ushbu transport vositalariga davlatning roʻyхatga olish raqam belgilarining alohida seriyalari beriladi. Ulardan faqat ushbu viloyatlar hududida foydalanishga ruхsat etiladi.

 

Elmira Siraziyeva.