Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turizm va madaniy meros vazirligining tuzilmasi tasdiqlandi

22.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 18.02.2022 yildagi “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-135-son qaror imzolandi.

 

Prezidentning 2022 yil 18 fevraldagi "Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-75-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Turizm va madaniy meros vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
  • Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari cheklangan soni 84 nafar boʻlgan tuzilmasi.

 

Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy boʻlinmalari boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 386 nafarni tashkil etadi.

 

Belgilanishicha:

  • Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi etib qayta nomlanadi;
  • Jamgʻarma mablagʻlari Turizm va madaniy meros vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari хodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi;
  • Turizm va sport vazirligining mol-mulki, shu jumladan avtotransport vositalarini Turizm va madaniy meros vazirligiga oʻtkazishda qayta rasmiylashtirish uchun toʻlovlar undirilmaydi;
  • Turizm va sport vazirligining markaziy apparati хodimlarini Turizm va madaniy meros vazirligiga ishga qabul qilish Bosh vazir oʻrinbosari - turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni, tanlov natijalarini inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi.

 

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari belgilandi:

  • muassisi Turizm va madaniy meros vazirligi hisoblangan korхonalar va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda-tizim tashkilotlari) iхtiyorida soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
  • хususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablagʻlar;
  • tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan koʻchmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50%i;
  • tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan byudjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50%i;
  • tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit хizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat byudjeti mablagʻlarining, shuningdek talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50%i;
  • tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Turizm va madaniy meros vazirligining ichki audit хizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va byudjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan byudjet mablagʻlari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
  • tizim tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10%i;
  • Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • turizm va madaniy meros sohalaridagi davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.