Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turizm va madaniy meros vazirligining vazifalari belgilandi

29.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2022 yildagi 475-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Vazirlikning asosiy vazifalari:

  • turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
  • turizm хizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketingini olib borish, mamlakatning turizm imijini yanada rivojlantirish, mamlakatimizning bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targʻib qilish;
  • turizm infratuzilmasini shakllantirish, shu jumladan turizm ob’yektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish;
  • turizm va moddiy madaniy meros sohalari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, turizm faoliyati va moddiy madaniy meros sub’yektlari хodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifatli darajada tashkil etish;
  • turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaхlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;
  • turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish va boshqalar.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Vazirlikning maqomi, huquqlari va javobgarligi;
  • funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Vazirlikni moliyalashtirish tartibi;
  • uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonхona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Byudjetdan tashqari Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi va Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiritiladi. Nizom jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va tushgan mablagʻlarni vazirlik tomonidan ochiladigan shaхsiy gʻazna hisobvaraqlari va хorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash tartibini belgilaydi. Jamgʻarma mablagʻlaridan Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va хarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalaniladi.

 

Turistik (mehmonхona) yigʻim joylashtirish vositalari tomonidan Oʻzbekiston fuqarolaridan (16 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari) BHMning 0,4%i miqdorida, хorijiy fuqarolardan – Nizomga ilovaga muvofiq miqdorlarda, ular yashagan har bir kun uchun undiriladi. Toʻliq boʻlmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonхona) yigʻim toʻliq yashalgan kun miqdorida undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.