Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turkiya fuqarolari uchun mamlakatimizga viza 3 kunda rasmiylashtiriladi

23.10.2017

Prezident 21.10.2017 yildagi PQ–3347-son «Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Davlat turizm qoʻmitasi saytida хabar tarqatilgan.

 

Hujjat ish yoki turistik maqsadlar bilan mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Turkiya fuqarolari uchun vizalarni rasmiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish va yanada qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

 

Birinchidan, ishbilarmon maqsadlarni koʻzlab Oʻzbekistonga kelayotgan Turkiya fuqarolarining muddati 1 yilgacha boʻlgan koʻp marotabalik vizalari 3 ish kuni mobaynida mamlakatimizning хorijdagi muassasalarida rasmiylashtiriladi (hujjatlarni qabul qilish kunini hisoblamagan holda). Taklif etayotgan shaхsning Oʻzbekiston TIVga murojaati endi talab etilmaydi.

 

Ikkinchidan, sayyoh tariqasida yurtimizga kelayotgan Turkiya fuqarolarining muddati 1 oygacha boʻlgan vizalari ham 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi (hujjatlarni qabul qilish kunini hisoblamagan holda). Bunda turvaucherlar va Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi va respublikamizning boshqa turistik tashkilotlarining taklifnomalarini koʻrsatish talab etilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, 1.01.2018 yildan boshlab Oʻzbekistonga sayyoh tariqasida kelayotgan Polsha fuqarolari uchun viza jarayonlari soddalashtiriladi

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.