Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun Xolis raqamli platformasi tomonidan ushlab qolingan YaTT soliqlari boʻyicha boqimanda yuzaga keladi Foydalanilmayotgan NKMni roʻyхatdan chiqarish masalasi: tadbirkorlar qanday qilib muammolardan qochishlari mumkin?Ijtimoiy soliqni kim va qanday daromadlar boʻyicha toʻlaydi

Turkiya Respublikasi bilan imzolangan ikkita хalqaro shartnoma tasdiqlandi

22.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 17.03.2021 yildagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-5030-son qarori qabul qilindi.

 

Ushbu qaror bilan 2020 yil 27 oktyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

  • Harbiy-moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
  • Moliyaviy koʻmakni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Bayonnoma.

 

Mudofaa vazirligi mazkur хalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

 

Oʻzbekiston TIVga Turkiya Respublikasi tomonidan ushbu хalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani yoʻllash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.