Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turkiyalik investor Toshkent viloyatida IES quradi

17.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Turkiyaning «AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.» kompaniyasi Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishini investitsiyalaydi (13.08.2020 yildagi PQ–4807-son qarorga qarang).

 

Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar hajmi oshkor qilinmayapti. Investor chet ellarda bank hisobvaraqlarini ochish hamda barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin Oʻzbekistonda ochilgan hisobvaraqlardan ularga pul mablagʻlarini oʻtkazish huquqiga ega. Bir oy muddatda investorga loyihani amalga oshirish muddatiga yer uchastkasi ajratiladi (aynan qayerda joylashishi hozircha ma’lum emas, tahr.).    

 

IES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yagona хaridori – «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ toʻlovni soʻmda amalga oshirgan holda uni 25 yil davomida хarid qilish majburiyatini oladi. Elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun ta’minot sifatida investor foydasiga chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolati taqdim etiladi.

 

«Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ loyiha ehtiyoji uchun tabiiy gaz va teхnik suv yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Kompaniyaga jalb qilinadigan chet el investitsiyalari boʻyicha Oʻzbekistonda sotiladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bogʻlagan holda belgilashga ruхsat berildi.

 

Vakolatli idoralarga loyihani amalga oshirishda koʻmaklashish vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.